Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan AQŞ prezidenti Barak Obama bilan Turkiyadagi söz erkinligi va OAV bilan boğliq vaziyatni muhokama qilmaganini aytdi. NTV telekanali ma'lum qilişiça, Erdöğan bu haqda AQŞga uyuştirgan safari yakunlangandan keyin, Obama tomonidan uning nomiga bildirilgan tanqidga izoh berib aytdi.

"Mening nomimga bunday gaplar aytilganidan ranjidim. Janob Obama bilan muzokaralarda bu mavzular kötarilmagandi. Bundan avvalroq telefon orqali suhbatda biz matbuot orqali emas, balki yuzma-yuz gaplaşganimiz foydaliroq bölişini muhokama qilgandik", deb aytdi Erdöğan.

2 aprelda Obama uni "Turkiyadagi ba'zi holatlar xavotirlantirayotganini" aytgandi. "Men Erdöğanga bu yerda heç qanday sir yöqligini aytganman. Turkiya hukumati tomonidan matbuotga bölgan yondaşuv Turkiyani katta xavotir uyğotadigan yöldan olib ketişga qodir", deb aytgandi Obama.

Erdöğan şu sababli OAVda mamlakat rahbariyatiga qarşi paydo böladigan "tanqid va haqoratning farqi borligini" aytgandi. "Ba'zi gazetalar sarlavhalarida töğridan-töğri tahdidlar yangramoqda. AQŞda prezidentga tahdidlar uçun 5 yil qamoq jazosi va katta jarima közda tutilgan. Haqorat va tahdidlar matbuot erkinligi yoki tanqid sifatida baholanişi mumkin emas. Agar biz Obama bilan buni muhokama qilganimizda, men bu haqda unga aytgan bölardim", deb aytdi Erdöğan.

Yevropa va AQŞda ularning fikriça Turkiyada mavjud bölgan söz va matbuot erkinligi buzilişi holatlariga köp marta e'tibor qaratilgan. Turkiyada ba'zi gazetalar amaldagi hukumatni qattiq tanqid qilişni özlariga ijozat beradilar. Turkiya rahbariyatining fikriça, bu ruxsat etilgan çegaralardan çetga çiqişdir.