IŞID terroristik guruhi yönalişi böyiça AQŞ rahbarligidagi xalqaro koalitsiyaning uçuvçisiz uçiş moslamasi hujumi natijasida Mösulda Turkiya konsullik binosi vayron böldi. Bu haqda Turkiya Taşqi işlar vazirligi bayonotiga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.
Bayonotda keltirilişiça, mahalliy vaqt bilan soat 03:00 (Toşkent vaqti bilan 05:00)da Turkiyaning Iroqdagi diplomatik vakillik binosiga hujum uyuştirilgan. Uşbu binoni 2014 yildan buyon IŞID jangarilari egallab kelişardi. Vafot etgan ekstremistlar soni haqida hali ma'lumot tarqatilmadi.
500 ming nafardan ortiq odam istiqomat qiluvçi Mösul şahrini IŞID jangarilari özlarining poytaxti deb hisoblaşadi. Şahar terroristik guruh taşkil etilişida 2014 yil 10 iyun kuni iroqlik harbiylar tomonidan deyarli qarşiliksiz topşirilgan.
Endi esa Mösulning ozodligi – mamlakatni nazorat ostiga oliş böyiça armiya va xalq laşkarlari otryadi tomonidan IŞIDga qarşi ötkaziladigan amaliyotlarning asosiy maqsadiga aylangan.






