Panama prezidenti Xuan Karlos Varelaning bayonotiga köra, uning hukumati, ofşor (soliq va boşqa turli imtiyozlar bilan kompaniyalarni öziga jalb etuvçi moliyaviy markaz) kompaniyalari bitimlari xususidagi mahkama jarayonlarida, sud bilan jiddiy hamkorlik qilişga tayyor. Bu çoralar, xalqaro jurnalistlar konsorsiumi suriştiruvi natijasida foş etilgan işlarga nisbatan qöllanadi, deb xabar bermoqda Associated Press xabar qilmoqda.

Uning sözlariga köra, Panama rahbariyati, mamlakat iqtisodiy qonunçiligini buzgan har qanday qonunbuzarlik holatiga nisbatan qattiqqöllik siyosatidan voz keçmaydi.

Avvalroq, Mossack Fonseca yuridik kompaniyasi asosçilaridan biri, Mossack Fonseca’ga tegişli materiallarning oşkor etilişini noqonuniy, deb atagan edi.

Mossack Fonseca ma'lumotlarining keng ommaga oşkor bölişi natijasida, bir qator jahon davlatlari yetakçilari va ularning yaqinlari, pullarni noqonuniy ötkaziş va soliqlardan böyintovlaş tizimiga aloqadorliklari ma'lum bölgan edi.