Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi, özining youtube.com dagi sahifasiga yana bir original videorolik joylaştirdi. Unda Tesla Model S elektromobili Boeing 737 samolyoti bilan kimözarga bahslaşadi.

Aytiş joizki, garçi Ilon Mask kompaniyasi mahsuloti 3 soniya içida tezligini 100km/soatgaça çiqara olişiga qaramay, musobaqa yakunida Boeing 737 layneri havoga kötarilib ketgani bois, ğolib nomiga oydinlik kiritilmagan.

Lavhaning söngida esa, Qantas va Tesla innovatsiyalarni joriy qiliş va transport sohasida hamkorlik qilmoqda. Uşbu poygadan çiqadigan is gazi uçun Qantas Future Planet Program (Qantas Yer sayyorasi kelajagi dasturi) tomonidan tovon puli tölangan, ma'nosidagi yozuvlarni öqiş mumkin.