Peterburg şahridagi Oktyabr tumani sudi Özbekiston fuqarosi bölgan ayolni qamoqqa olişga buyruq berdi. U 800 ming rubl evaziga özining 4 oylik öğlini sotib yubormoqçi bölganida qölga olingan.
Bundan oldinroq, Özbekiston fuqarosi bölgan 34 yoşli Gavhar Abdunazarova 31 mart kuni şahardagi Qozon köçasida joylaşgan kafeda 4 oylik öğlini 800 ming rubl evaziga sotayotganida qölga olingani haqida xabar berilgandi.
Ayni vaqtda çaqaloq şifoxonada. Abdunazarovaga nisbatan "odam savdosi" jinoyati böyiça ayb qöyilişi kutilmoqda.






