Brasil restorani ma'muriyati 5 aprel kuni Feysbukdagi sahifasida Bobur istirohat boği hududida joylaşgan binosi buzilişi haqida ma'lum qildi.
Köngil oçiş maskani örnida Nizomiy nomidagi Pedagogika instituti ingliz filologiyasi fakulteti talabalari uçun öquv binosi qurilişi rejalaştirilgan.
Brasil restorani 2013 yili oçilgan. U Toşkentda oçilgan birinçi çuraskariya – yeb-içişga emas, kirişga pul tölanadigan joy va köngiloçar tomoşalari bilan mijozlarning könglidan joy olgan edi.
“Keça, 4 aprel kuni keçki payt soat uçda kelib bizga: narsalaringizni yiğiştiring, ertaga bu bino buziladi, deb ma'lum qilişdi. Lekin har bir yomonning yaxşisi bor, deganlaridek, biz özimizga tez orada köçiş mumkin bölgan boşqa joy möljallab qöydik”, — deyiladi ijtimoiy tarmoqdagi restoran sahifasida.






