Gretsiyadan Turkiyaning Izmir provinsiyasi Dikili portiga kelgan noqonuniy muhojirlarning birinçi guruhini röyxatdan ötkaziş bugun deyarli yakunlandi.

138 nafar noqonuniy muhojirlardan iborat birinçi guruh bugun ertalab ikkita kemada Lesbos orolidan Turkiyaning Dikili portiga yetib kelgan edi.

Muhojirlar orasida köplab pokistonliklar uçraydi, şuningdek, afğonlar va Bangladeş fuqarolari bor. Ularni Turkiyaning muhojirlar böyiça boşqarmasi avtobuslarida boşqa şaharlardagi vaqtinçalik yaşaş joylariga olib ketildi. Bu yerda ular vatanlariga qaytariliş işlari yakunlangunça saqlanadilar.

Birinçi guruh muhojirlari orasida suriyaliklar yöq. Şu örinda, Yevropa Ittifoqi işlari böyiça vazir Vulqon Bozqirning sözlariga köra, kelgusida Gretsiyadan qaytariladigan muhojirlarning 70 foizi atrofida suriyaliklar böladi.

Şunga köra, Izmir gubernatorligi kelgusida Izmirga keladigan barça Suriya Arab Respublikasi fuqarolari samolyotda Adana şahriga yuborilişi va qoçqinlar uçun lagerlarga joylaştirilişi haqida ma'lum qildi.

Şunday qilib, Turkiya YeI bilan kelişuvini amalga oşirişning ilk kunida, reja qilinganidek, 400 nafar emas, balki 202 nafar muhojirni qabul qildi. Ular uçun Dikili portida turkiyalik çegara xizmatçilari işlaydigan tent örnatilgan.

Har bir noqonuniy muhojirni safar davomida Frontex çegara nazorati böyiça Yevropa agentligining bitta xodimi kuzatib boradi. Röyxatdan ötkaziş hududi metall tösiqlar bilan öralgan va IIV maxsus xizmati xodimi navbatçilik qiladi.