Ukrainada inqiroz tufayli 1,5 million odam oçlik balosiga duç keldi. Ulardan 300 nafari oziq-ovqatga öta ehtiyojmand va tezkor yordamga muhtoj.
Uşbu ma'lumotlar BMT saytida e'lon qilingan Jahon oziq-ovqat dasturi bayonotida ma'lum qilindi.
Jahon oziq-ovqat dasturi 2016 yilning birinçi yarmida hudud aholisining deyarli 270 ming nafariga yordam körsatişni rejalaştirgan. 2014 yil noyabr oyidan boşlab BMT agentligi yarim milliondan ortiq odamni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlagan.
2016 yil birinçi kvartal yakuniga köra, Ukraina taşkilotdan oziq-ovqat mahsulotlari söragan va qabul qilgan yagona Yevropa mamlakati böldi.
Ukraina hududining yarmidan oşiği dehqonçilik qiliş mumkin bölgan yerlardir. Uşbu tabiiy afzalikka qaramay, sovet davridan söng Ukrainaning qişloq xöjalik sektori keskin susayib ketdi. Yangi mingyillikning boşlanişida IYaM körsatkiçining ösişi bu susayişni qisman qoplab turdi, lekin 2000-yillar oxirida jahon iqtisodiy inqirozi ta'sirida keskin pasayiş boşlandi.
Bayonotda keltirilişiça, Ukraina aholisi qisqarib bormoqda — 1991 yili mustaqillikka erişganidan buyon 6 million nafardan ortiq odamga kamaygan.






