Roçester universiteti olimlari organizmdan sölak, köz yoşi yoki hazm qiliş soklari kabi sekretlar ajralişiga javob beruvçi biokimyoviy mexanizmni aniqlaşdi.

Uşbu kaşfiyot şilliq moddalar ajralişi jarayonining buziliş sabablari hamda Şegren sindromi singari jiddiy kasalliklarni davolaş imkonini beradi. Tadqiqot Science Signaling jurnalida çop etilgan.

Tana suyuqliklari ajralişiga zamin tayyorlovçi asosiy komponent bu – kalsiy. Şegren sindromida kaltsiy yetişmasligi kuzatiladi va bemorlar oğiz quruqligidan aziyat çekadilar, yutiş va çaynaşda qiyinçilik his qiladilar.

Kaltsiy ionlari hujayralarga yetib borişi uçun kalsiy kanallarini oçiş zarur. Bunga IP3-retseptori deb atalmiş oqsil javob beradi. Ma'lumki, u törtta kiçik birlikdan iborat, biroq olimlar kanal işlaşi uçun aynan neçta kiçik birlik kerakligini bilmasdi.

Genlar va molekulyar muhandislik tahriri usullaridan foydalanib, tadqiqotçilar şuni aniqlaşdi-ki, kanallarning töğri işlaşi va sekret ajralişi uçun IP3-retseptorining barça tört bölagi lozim ekan.