Xitoy Janubi-Xitoy dengizidagi bahsli Spratli arxipelagi tarkibiga kiruvçi Zubi marjonqoyasida 55 metrlik mayoq qurilişini yakuniga yetkazdi.

Mayoq qurilişi 2015 yil oktabrida boşlangan edi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.

Spratli arxipelagi hududiga egalik qiliş borasida bir neçta davlat, jumladan Xitoy, Vetnam, Tayvan, Malayziya, Filippin va Bruney bahslaşib kelmoqda. Orollarda katta miqdorda neft va gaz konlari mavjud va bir neçta davlat harbiylari joylaşgan.

Zubidan 16 km uzoqlikda Filippin tomonidan nazorat qilinuvçi Titu oroli bor.

Bir qança muddat avval Xitoy arxipelag marjonqoyalarini jumladan harbiy infratuzilma quriş uçun orollarga aylantiriş loyihasini boşlagandi.