Birinçi ofşorni 1950 yillarning oxirlarida AQŞda öylab topişgan - gap hukumat yurisdiksiyasidan taşqarida röyxatdan ötib, soliq nazoratini çetlab ötgan moliyaviy taşkilot haqida ketardi.
Bugungi kunga kelib sayyoramizda ofşorlar ança köp. Ular doimiy mijozlariga ega va pereferik joylaşuvga qaramasdan jahon kapitalining öziga xos poytaxtiga aylanib ulgurgan.

Panama
Panama 1903 yilda Ispan-Amerika uruşi natijasida AQŞ Janubiy va Şimoliy Amerikadagi yerlardan umrbod foydalaniş huquqini qölga kiritganidan söng moliyaviy markazga aylandi. Panamani öziga xos soliq qonunçiligiga ega mustaqil davlat deb e'lon qilişdi. Bu butun dunyodan kapitallarni jalb qilişga yordam berdi. Panama ofşori yuz yildan ortiq işlaydi - bugungi kunda erkin iqtisodiy mintaqa dunyoda Hongkongdan keyin ikkinçi örinni egallaydi.

Sent-Kits va Nevis
Sent-Kits va Nevis - Karib dengizining şarqiy qismida joylaşgan mitti mamlakat. U ikki oroldan iborat - Kiçik Antil orollariga kiruvçi Sent-Kits va Nevis orollari. Sent-Kits va Nevis ofşori - kemaçilikka investitsiya uçun eng yaxşi joy. Yaxtalar boşqa dengiz transport turlari kabi harakatdagi mulk hisoblanadi va albatta qayd qilinadi. Orollarda qayd etilgan kemalar soni allaqaçon mingtadan ortib ketdi. Bu yerda dunyoning eng haşamatli yaxtalarini köriş mumkin.

Virjin orollari
Tropik ofşor-mamlakat Karib havzasidagi 36 oroldan iborat. 36 oroldan 16tasidagina aholi yaşaydi. Britaniya Virjin orollarini Kolumb kaşf qilgan, ammo Ispaniya ularni öz mulki deb e'lon qildi-yu hududni özlaştirmadi. Şu tariqa, Britaniya bu yerda xöjayinçilik qila boşladi. Virjin orollari Britaniya imperiyasining koloniyasi sifatida uning huquqiy tizimini özlaştirgan, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş loyihasini işlab çiqib, iqtisodiyotini kötarib olgan. Ularning loyihalari şu qadar omadli böldiki, bugungi kunda butun dunyoning soliqdan ozod etiş ehtiyojining deyarli yarmini Virjin orollari ofşorlari qondiradi.








