iOSda parol himoyasini çetlab ötib, bloklangan "ayfon"da saqlanayotgan rasmlar va raqamlarga çiqiş imkonini beruvçi böşliqni topişdi. 9to5mac tarmoğining xabar berişiça, kamçiliklar hattoki operatsion tizimning sönggi versiyasida - 9.3.1. işlovçi iPhone 6S/6S Plus modellariga ham tegişli.
3D Touch va Siri’ni "kuçli" bosganda tryuk iş beradi. Parol bilan himoyalangan iPhone qurilmasini qölga olgan yovuz niyatli kimsa avval ovozli yordamni çaqiradi va Twitter’dan qidiruvni amalga oşirişni söraydi (masalan, Twitter’da @yahoo.com"ni top ). Uning maqsadi - biror bir amaldagi elektron poçta manzilini öz içiga oluvçi tvitni topiş.
Söngra qaroqçi kuç bilan manbaga bosib, 3D Touch menyusini oçadi, "Yangi kontakt yaratiş" - "Rasm kiritiş" punktini tanlaydi va iOS qurilmasidagi "Rasm" bölimiga kiriş imkoniga ega böladi. "Kontaktni töldiriş" punkti orqali ayfondagi barça manzillar röyxatini körib çiqiş mumkin.
Apple "yamoq" işlab çiqquniga qadar, muammoning eng oddiy yeçimi - bloklangan ekranda qurilmaning ba'zi funksiyalariga kirişni taqiqlaş. Agar sizda iPhone 6S va 6S Plus bölsa, "Sozlaş" - "Konfidentsiallik" - "Suratlar"ga kiring va Siri’dan qayta yoqişni olib taşlang (siz yordamçiga suratlarga kirişga ijozat bergan bölsangizgina uni köra olasiz).
Agar siz ham kontaktlarni körişni taqiqlamoqçi bölsangiz, bloklangan ekrandan Siri’ga kirişni umuman öçirib qöyişga töğri keladi. Buni "Sozlaş" - "Touch ID va parol" orqali amalga oşiriladi.






