7 aprel kuni Xitoyning Denfen şahrida Tagou nomli kung-fu maktabi tarbiyalanuvçilari bölgan 26 mingga yaqin sportçi ommaviy maşğulot ötkazdi. Ular öz harakatlarini keng maydonda olib borişib, turli geomertik şakllar hosil qilişgan. Bu jarayon yuqoridan turib turli rakurslarda suratga olingan.
Tagou maktabi Xitoydagi eng maşhur kung-fu maktablaridan biri hisoblanadi. Unga 1978 yilda Lyu Baoşan asos solgan. Maktabda turli yoş toifasida bölgan öquvçilar doimiy ravişda akademik maşğulotlar ötkazişadi.













