11-15 aprel kunlari Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bir qator xorijiy mamlakatlar böylab taşriflarni amalga oşiradi. Bu haqda Oqörda matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Xususan, 11-12 aprel kunlarida Nazarboyev prezident Hasan Ruhoniy taklifiga köra Eron Islom Respublikasiga boradi.

Taşrif davomida 2014 yilning sentabrida Ruhoniy tomonidan Ostonaga uyuştirilgan taşrif vaqtida amalga oşirilgan kelişuvlarning amaliy jihatlari körib çiqiladi.

Bundan taşqari, tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, qişloq xöjaligi, tranzit-transport sohalaridagi hamda xalqaro va hududiy xavfsizlik masalalaridagi özaro hamkorlikni mustahkamlaş masalasaini muhokama etişadi.

13-14 aprel kunlari Qozoğiston rahbari Turkiya respublikasiga boradi.

Bu taşrif vaqtida u Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşib, Ostona va Anqaraning asosiy yönalişlardagi hamkorliklarini muhokama qilişadi. Bundan taşqari, ikki tomon delegatsiyasi "Adolat va tinçlik uçun birlik hamda sadoqat" mavzusidagi Sammitda iştirok etadi. Şuningdek, tomonlarning biznes doiralari uçraşuvi ötkazilişi közda tutilgan.

15 aprel kuni Nursulton Nazarboyev Özbekiston respublikasiga keladi va mamlakat prezidenti Islom Karimov bilan uçraşadi.

Davlat rahbarlari uçraşuvi vaqtida Özbekiston va Qozoğistonning ikki tomonlama munosabatlaridagi muhim jihatlari muhokama etilişi kutilmoqda.