Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi displey va kamerani köz kosasining bevosita özida joylaştiriş imkonini beruvçi kontakt linzalar işlab çiqarmoqçi. Uşbu yangilikka patent oliş uçun arizani SamMobile ilğab qolgan, ammo qöşimça reallikni hosil qiliş uçun bunday qurilmadan qanday foydalaniş mumkinligiga oydinlik kirita olmagan.

Qurilma smartfondan simsiz ulaniş orqali quvvat oladi. Linzaga harakat datçigi örnatiladi. Uning yordamida közni yumiş yoki oçiş bilan uskunani boşqariş mumkin böladi.

Patentda Google Glass’ni öz ğoyasiga namuna sifatida körsatgan bölsada, Samsunğning fikriça, Google Glass kabi qurilmalar körişning ensizligi va tasvirning sifatsizligi bilan ajralib turadi. Işlab çiqaruvçilar, uşbu muammoni, linza orasiga mitti OLED displeyni örnatiş bilan hal etmoqçi.

Qayd etiş örinliki, tadqiqotçilar içiga displey örnatilgan linzalarni avval ham işlab çiqişgan, ammo bunday linzalar köp vazifalarni bajara olmasligi hamda piksellar sonining kamligi va kam sinab körilgani bilan ajralib turadi.

Elektron kontakt linzalari orasida hozirça Google’ning smart linzalari e'tiborga molikdir. Ular qondagi glyukoza miqdorini aniqlab linza egasini ogoh etişi mumkin. U ikki yil avval ommaga namoyiş etilgan bölsada, hamon sinov jarayonida.

Aytiş joizki, Samsunğning patentga arizasi tayyorgarlik bosqiçida turibdi va hozirça topşirilgani yöq.