Xitoy katta bozor bölib, mamlakat aholisi muntazam ösib bormoqda. Iqtisodiyoti barqaror bu mamlakatda xalq farovonligiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu öz navbatida yangi samolyotlarga talabning oşib borişiga sabab böladi. Sönggi vaqtlarda Xitoyda fuqaro aviatsiyasi rivoji uçun katta qadamlar taşlandi.
2015 yilning 2 noyabr kuni jahon ommaviy axborot vositalarining e'tibori Xitoyga qaratildi. Aynan şu kuni xitoylik mutaxassislar tomonidan yaratilgan ilk yölovçi samolyoti keng jamoatçilik e'tiboriga havola etildi. Muxbirlarning xabar qilişiça, S919 samolyotiga qiziqiş katta bölmoqda.
“Bu Xitoy fuqaro aviasozligi taraqqiyoti yölida muhim qadam böldi”, deydi mamlakat Fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi rahbari Li Tszyasyan.
Uning aytişiça, şu kunga qadar Xitoy samolyotlarni asosan import qilardi, endilikda esa mazkur muammo qisman hal qilinadi.
Har yili Airbus va Boeing kompaniyalari yangi samolyotlarga bölgan ehtiyojlarni örganib çiqib, öz prognozlarini beradi. 2009 yilda Boeing va Airbus kompaniyalari jahon aviatsiya bozoridagi yaqin 20 yillik yönalişga bağişlangan hisobotni e'lon qilgan edi. Ma'lum bölişiça, har ikki kompaniyaning jahon aviabozoridagi vaziyatga bağişlangan prognozlari deyarli bir xil bölib çiqdi. Mazkur kompaniyalarnning fikriça, Xitoy iqtisodiyotidagi barqaror rivojlaniş bozor talabining şakllanişida muhim axamiyat kasb etadi. Taxminlarga köra, 2029 yilgaça bölgan muddatda Xitoy ehtiyojlari uçun 3800tagaça yangi samolyotlar kerak böladi. Bu öz navbatida, mamlakatning özida yölovçi samolyotlarini işlab çiqariş zaruriyatini yuzaga keltiradi. Şu sababli, yirik yölovçi samolyotlarini işlab çiqariş Xitoy oldida turgan strategik maqsadlardan biri bölişi şubhasiz.

Osmon osti mamlakatida zamonaviy aviatsiya sanoati paydo bölganidan keyin asosiy e'tibor mudofaa masalalariga qaratib kelinardi. Şu örinda jahon aviatsiya sanoati kompaniyalari ham yölovçi, ham harbiy samolyotlar işlab çiqarişini eslatib ötiş kerak. Boeing ham, Airbus ham harbiy samolyot işlab çiqaradi, köplab mamlakatlar özlarining harbiy qudratini mustahkamlaş maqsadida bu kompaniyalardan harbiy samolyotlar xarid qiladi.
Ötgan asrning 50-yillarida Mao Tszedun “Xitoy katta mamlakat. Biz barça mahsulotlarni işlab çiqara olmaymiz. Ammo samolyot va avtomobillarga öxşaş mahsulotlar xam borki, biz bu kabi mahsulotlarni albatta işlab çiqarişimiz kerak” degan edi. S919 rusumidagi samolyotlarning işlab çiqarişga kirişilayotgani ana öşa gaplarning röyobga çiqayotganidan dalolat beradi.







