«Al-Qoida» terrorçilik taşkiloti jangarilari Yaman armiyasining 15 askarini qölga olib, qatl etişgani haqida Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Xabarlarga köra, harbiylar Yaman şarqidagi Adan portidan jangarilar nazoratidagi provinsiyalardan biriga ketayotganda uşlangan. Ular, kimsasiz hududga olib ketilgan va öşa yerda otib taşlangan.

Aytiş joizki, harbiylar Adanda oila a'zolarini körib qaytişayotgan vaqtda xizmat libosi va maşinasida bölmaganlar.

Bundan avval, axborot agentligi Saudiya Arabistoni yetakçiligidagi koalitsiya «Al-Qoida»ning Yamandagi lagerlariga zarba berganini xabar bergandi.