2016 yilning 24-26 iyun kunlari Rim papasi Frantsisk Armanistonga safar uyuştiradi, deb xabar qiladi TASS agentligi.
Arman apostol çerkovi e'lon qilgan xabarnomaga köra, Rim papasi barça armanlar, Armaniston hukumati katolikosi, Oliy patriarx Garegina IIning uşbu mamlakatga taklifini qabul qilgan.
Ta'kidlaş joizki, uşbu taşrif Rim-katolik çerkovi rahbarining Armanistonga ikkinçi marotaba kelişi böladi. Bundan avval, Ioann Pavel II nasroniylikning Armanistonda davlat dini sifatida e'lon qilinganining 1700 yillik tantanalarida iştirok etiş maqsadida 2001 yilda Yerevanga kelgan edi.






