Angliya premer-ligasining 33 tur uçraşuvlari davom etmoqda. «Liverpul»öz maydonida «Stok Siti»ni qabul qildi va yirik hisobda ğalaba qozondi.

Öyinning 8 daqiqasida mezbonlar himoyaçisi Moreno hisobni oçdi. Mehmonlar hujumçisi Boyan Krkiç 22 daqiqada bu golga javob berdi. Köp vaqt ötmasdan Starrij yana «Liverpul»ni olding olib çiqdi.

Ikkinçi taymda mersisaydliklar safida Firminoning örniga maydonga tuşirilgan Oriji esa 2ta gol urdi va jamoasining yirik hisobdagi ğalabasini ta'minladi.

Endilikda «Liverpul» hisobidagi oçkolar sonini 48taga yetkazdi va sakkizinçi öringa kötarildi. Yurgen Klopp şogirdlari bu örinni aynan «Stok Siti»dan tortib oldi.

Liverpul – Stok Siti 4:1
Gollar: 1:0 – 8 Moreno, 1:1 – 22 Krkiç, 2:1 – 32 Starridj, 3:1 – 50 Oriji, 4:1 – 65 Oriji.
Liverpul – Minole, Şkrtel, Styuart, Moreno, Ture, Odjo (Oriji, 46), Milner, Firmino (Lallana, 63), Allen (Leyva, 78), Klayn, Starridj.
Stok Siti – Xaugor, Vollşayd, Şoukross, Piters (Munesa, 82), Kemeron, Afellay, Imbula, Şakiri (Diuf, 71), Bardsli, Krkiç (Xoselu, 71), Krauç.
Ogohlantirişlar: Piters (26), Şoukross (82).