2016 yilning 4 aprelida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Xalqaro bitimni tasdiqlaş töğrisida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda UzDaily.uz xabar bergan.

Mazkur hujjat nusxani tasdiqlaş, metrologik şahodatlaş, ölçov asboblarini kalibrlaş va tekşiriş maqsadida ötkaziladigan sinov natijalarini özaro tan oliş töğrisidagi kelişuvni tasdiqladi.

Hujjat 2015 yil 29 may kuni Qozoğiston Respublikasi Burabay posyolkasida MDH davlat rahbarlari Kengaşi majlisida imzolangan.

Qarorda belgilanişiça, Özbekiston hujjatni ma'lum şart bilan qabul qiladi. Ya'ni Özbekiston mazkur kelişuvning 10-moddasi ikkinçi abzatsini qabul qilmaydi.

Özbekiston rahbari mazkur xalqaro kelişuv kuçga kirişi uçun zarur bölgan davlat içki tartiblarining bajarilişi töğrisidagi tegişli bildirişnomani depozitariyga yuboriş vazifasini Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi zimmasiga yukladi.