8 vazn toifasida sobiq jahon çempioni, filippinlik superboksçi Menni Pakyao örta vazn toifasida WBO International çempioni unvoni uçun amerikalik Timoti Bredlini mağlub etdi. Bu haqda "R-Sport" naşri xabar bermoqda.

9 aprelda Las-Vegasda bölib ötgan jang hakamlarning yakdil qarori bilan filippinlik çarm qölqop ustasi foydasiga yakunlandi.

Raqiblar ringda uçinçi bor töqnaşişdi: 2012 yilda Bredli, 2014 yil aprelida Pakyaoning qöli baland kelgan edi.

Bredli bilan navbatdagi jang Pakyaoning 2015 yil may oyida amerikalik boksçi Floyd Meyuezerdan mağlubiyatidan keyingi birinçi jangi böldi.

37 yoşli Pakyao uçun bu ğalaba 58-ğalaba böldi. Boksçining hisobida, şuningdek, 6 ta mağlubiyat va 2 ta durang jang bor. 32 yoşli Bredli 33 ta ğalaba, bitta durang va bitta mağlubiyatdan keyin yana bitta mağlubiyatga uçradi.

Bredli bilan jang Pakyao uçun professional ringdagi oxirgi jang böldi. Boksçi keyingi hayotini siyosat bilan boğlamoqçi. Ayni vaqtda u Filippin senatiga may oyida bölib ötadigan saylovlarga nomzodini qöygan.