Bugun, 11 aprel kunida Özbekiston Professional Futbol Ligasi 4-turning markaziy uçraşuvida Toşkentning "Paxtakor" stadionida Qarşining "Nasaf" jamoasi mehmon böladi.

Özbekistonning amaldagi çempioni hamda ötgan mavsumda mamlakat Kubogi sohibi bölgan jamoalar örtasidagi uçraşuv soat 18:30da boşlanadi.

Osiyo çempionlar ligasida iştirok etayotgan jamoalarning özaro töqnaşuvini Ilgiz Tantaşev boşçiligidagi hakamlar brigadasi boşqarib boradi.

Bu jamoalar Oliy liga doirasida şu vaqtgaça jami 38 bora töqnaş kelgan. Bu öyinlarda 22 marta toşkentliklar jamoasi ğalaba qozongan. Töqqiz öyinda durang qayd etilgan bölsa, faqat 7 marta "ajdarlar" "şerlar"ni mağlub etgan.

Har ikki jamoaning özaro töqnaşuvlar tarixida bir martadan 4:0 hisobida ğalaba qilgan.

"Nasaf" şu kunga qadar Oliy liga doirasida "Paxtakor"ni Toşkentda faqat bir marta mağlub etgan. Qolgan 18 safar uçraşuvi mağlubiyat bilan yakunlangan.

"Şerlar" faqat 2001 yildagina öz maydonida qarşiliklar qarşiligini yenga olmagan (0:4).

Bugun bölib ötadigan uçraşuvda "Paxtakor" uşbu ğalabali seriyani davom ettirişga urinsa, "Nasaf" 15 yillik ğalabasiz seriyaga barham berişga urinib köradi.

Joriy mavsumda "Nasaf" jamoasi ötkazilgan uçta öyinning barçasida ğalaba qozongan holda çempionat peşqadamlaridan biri bölib turibdi. "Paxtakor" esa uçinçi turda "Buxoro" maydonida durang qayd etgaç (0:0), 7 oçko töplagan holda turnir jadvalining 5-poğonasidan joy olgan.

Öyinga çiptalar "Paxtakor" stadioni kassalarida sotiladi. Ularni 5 va 15 ming sömdan xarid qilişingiz mumkin deb habar berdi pakhtakor.uz sayti.


Özbekiston PFL. 4-tur.
11 aprel 2016. Toşkent. "Paxtakor" stadioni. 18:30

"Paxtakor" – "Nasaf"
Hakamlar: I. Tantaşev, R. Serazetdinov, A. Snetkov, A. Najafaliyev