Avstriyalik boksçi Astrit Klimenta boks jangi vaqtida özining raqibi serbiyalik Andrey Peşiçning quloğini tişlab oldi, söngra uning promouteri va murabbiyi, sobiq boksçi Aleksandr Petkoviç bilan zarbalar bilan almaşdi. Bu haqda Heute naşri xabar bermoqda.
Bu boksçilar örtasidagi birinçi oğir vazndagi jang 9 aprelda Myunxenda bölib ötdi. Noxuş voqea 2-raundda sodir böldi. Klimenta raqibining quloğini tişlagandan keyin hakam uçraşuvni töxtatdi. Peşiçning murabbiyi Petkoviç ringga otilib çiqdi. Petkoviç bilan Klimenta orasida dahanaki jang vaqtida Klimenta Petkoviçga zarba berib qoldi. Petkoviç ham "qarzdor" bölib qolişni istamay, avstriyalik boksçining yuziga muşt tuşirdi. Bu zarbadan Klimenta bir onga muvozanatini yöqotib qöydi.
Endi mojaroning ikkala iştirokçisiga ham uzoq muddatli diskvalifikatsiya xavf solmoqda.






