Çeçeniston harbiy komissari Axmed Jayrxanov joriy yilda Çeçenistonda muddatli harbiy çaqiriq bölmasligi haqida avvalroq paydo bölgan ma'lumotni tasdiqlamadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Çeçenistonda çaqiriq örnatilgan tartibda bormoqda. 500 nafar yigitlarimiz harbiy xizmat ötamoqda, keyingilarini tayyorlamoqdamiz. Yigitlar tibbiy komissiyadan ötmoqdalar, tanlov va ularni rasmiylaştiriş olib borilmoqda", deb aytdi Jayrxanov.
Jayrxanovning aytişiça, oxirgi 20 yil içida çaqiriq yoşidagilarning zaxirasi töplanib qolgan va u ayni vaqtda özidan bir neça ön minglab kişidan iborat katta armiyani namoyon qiladi.
"Biz armiyaning turli qismlarida xizmat ötayotgan yigitlarimizning moslaşuvini tahlil qilmoqdamiz. Yigitlar xizmatga könikmoqdalar, heç qanday e'tirozlar yöq", deb aytdi Jayrxanov.
Avvalroq Jayrxanov Çeçenistonda bu yili bahorgi harbiy çaqiriq bölmasligini ma'lum qilgandi.






