Xitoyning Harbin Electric International Company Ltd kompaniyasi 2016 yil dekabrda Toşkent viloyatidagi Angren issiqlik elektr stansiyasi modernizatsiyasini yakunlaydi, deb xabar bermoqda Sputnik agentligi "Özbekenergo" AKdagi manbasiga asoslangan holda.
"Loyiha böyiça asosiy qurilmalarni montaj qiliş va işga tuşiriş işlari olib borilmoqda, infratuzilma obektlarini quriş böyiça işlar töliq hajmda yakunlandi, boş korpus, qozonxona binosi, buğ turbinasi, gradirnya qurilişi davom etmoqda", deyilmoqda xabarda.
Harbin Electric va "Özbekenergo" 2012 yil sentabrda IESni modernizatsiya qiliş böyiça şartnoma imzolaşgandi. Şartnoma doirasida Xitoy kompaniyasi 2014 yil oktabrda yuqori kulli kömirni yoqiş uçun 150 MVt quvvatli yangi energoblokning qurilişini boşlagan. Modernizatsiya natijasida elektr stansiyada kömir yoqiş 20 foizdan 45 foizga oşadi (1 mln tonnaga).
Umumiy qiymati 242,6 mln dollarni taşkil qiluvçi loyiha Xitoyning Eksimbank (165,6 mln dollar) va "Özbekenergo" mablağlari (77 mln dollar) hisobiga moliyalaştirilmoqda.
"Angren IES" OAJning 8 ta energoblokining mavjud quvvati 484 MVt ni taşkil qiladi. Qisman kömirda işlovçi stansiya (qişda isitiş mavsumida) 1957 yilda işga tuşirilgan. Stantsiya Toşkent viloyatining asosiy sanoat obektlari va aholisini elektr energiya bilan ta'minlaydi.






