AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod milliarder Donald Tramp xayr-saxovat uçun öz mablağlaridan bir sent ham işlatmagan, deb xabar bermoqda The Washington Post naşri.
Tramp ştabi tomonidan xayriya maqsadlarida xayriya jamğarmalariga 102 mln dollar ajratilganining isboti sifatida tarqatilgan, 4844 ta banddan iborat hujjatlar tahlili davomida Trampning şaxsiy mablağlaridan xayriya işlariga pul ötkazilgani haqida birorta band topilmagan.
Naşr ma'lumotlariga köra, aytilgan xayr-ehsonlarning katta qismi xayriya auksionlarida öynalgan milliarder bilan bepul golf partiyasi hisoblanib, xayriya oluvçilar orasida xayr-saxovat işlariga aloqasi bölmagan turli korxonalar va hattoki tennisçi Serena Uilyams ham bor.
Şuningdek, hujjatlarda Donald J. Trump Foundation taşkiloti nomi keltirilgan, bu taşkilot nomidan köplab ehsonlar amalga oşirilgan, biroq uning özi Trampdan 2009 yildan 2014 yilgaça pul olmagan.
Avvalroq Tramp CNN telekompaniyasidan debatlardagi iştiroki uçun 10 mln dollar xayriya qilişni söragani ma'lum qilingandi.






