AQŞda noma'lum şaxs tunda Five Guys tez ovqatlaniş restoranlaridan biriga kirib, öziga kola quyib olgan va 2 dona çizburger tayyorlagan. Taom tayyorlaş jarayonida esa, bamaylixotir telefonda suhbatini davom ettirgan. Kuzatuv kameralari yordamida olingan tasvirlarda voqea 18 martda sodir bölganini köriş mumkin. Ammo şahar politsiya mahkamasi bu tasvirni 6 aprelda e'lon qildi.
«Gumondor şaxs ekspeditor ortidan kirib, uning ketişini kutgan. Söngra restoran böylab yurgan va taom tayyorlab, bir şişa içimlik bilan binoni tark etgan», — deb ma'lum qilgan Vaşington politsiyasi rasmiylari.
Jinoyatçi hanuzgaça qidirilmoqda. Wayback restoranlari tarmoği masalaning öziga xos yeçimini taklif etmoqda. Unga köra, öğri özini topşirsa, restoran uni bir yil davomida bepul burgerlar bilan ta'minlaydi.






