AQŞda asli kelib çiqişi xitoylik bölgan Kay Syuyga toşbaqa kontrabandasi uçun beş yil qamoq jazosi berildi.

Uni 2014 yilda 51 ta tirik toşbaqani kontrabanda yöli bilan olib çiqayotgan vaqtda Kanada çegaraçilari qölga olgan.

Keyinçalik ma'lum bölişiça, u doimiy ravişda AQŞning Miçigan ştatiga borgan va u yerdan toşbaqalar uy jonivori sifatida boqiladigan Xitoyga ularni jönatib turgan. Şu ma'noda u minglab toşbaqalarni Xitoyga jönatişga muvaffaq bölgan.

Kay Syuyning özi esa qilmişiga izoh berar ekan, toşbaqalarni universitetidagi öqişiga pul tölaş uçun Xitoyga jönatib turgan. “Assoşieyted press”ning ma'lum qilişiça, u sud zalida uni “oçközlik va johillikdan qutqargani uçun” AQŞ xavfsizlik xizmatiga minnatdorçilik bildirgan.