Oklendda futbol tarixidagi eng qaqşatqiç öyin bölib ötdi. Okeaniya çempionlar ligasi doirasida Samoa orollarining “Kivi” va Fiji orollarining “Nadi” jamoalari örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Öyinda “Nadi” jamoasi ikki töp farqi bilan mağlubiyatga uçray boşladi. Klub boş murabbiyining zaxirasida esa uç futbolçi bor edi xolos. Murabbiy Ueysek Tabakavani maydonga tuşiradi. Ammo u köp ötmay qizil kartoçka olib maydondan çetlaştiriladi.
Hisob oldingidek qoladi, ammo “Nadi” mağlubiyatni tan olişni istamaydi. Fijiliklar hujumçisi Vireti Dikson ham qizil kartoçka olib maydondan çiqib ketadi. Öyin tugaşiga yetti daqiqa qoladi, jamoa 3:1 hisobida mağlubiyatga uçramoqda. Barçasi tugagandek...
Öyin tugaşiga uç daqiqa qolganda Aniş Kem hisobni qisqartiradi — 3:2. Öyinçi oçiqdan oçiq vaziyatda öyindan taşqari holatda qolib gol uradi va bu gol hisobga olinadi. Natija 3:3. Qöşimça daqiqalar boşlanadi.
Xullas öyinçilarning qöpolligi va hakamlarning qöpolligi oqibatida jamoalar sakkiz kişiga sakkiz kişi qolib öyinni davom ettirişadi.






