Yozda Germaniyaning «Bavariya» jamoasi boşqaruvini qölga oladigan Karlo Ançelotti «Roma» yarim himoyaçisi Miralem Pyaniçni öz klubi safida körişni istamoqda.
Football Italia naşri bergan xabarga köra, 56 yoşli bosniyalik xavbek bilan telefon orqali amalga oşişi mumkin bölgan transfer borasida gaplaşib olişgan.
Sönggi haftalarda myunxenliklar klubi skautlari 26 yoşli futbolçining öyinlarini faol tarzda kuzatib kelişayotgandi.
«Bavariya» hozirça «Roma»ga rasmiy taklif bilan çiqqaniça yöq, ammo Pyaniç uçun 38 million yevro tölaşga tayyorligi bildirgan. Bu summa futbolçining şartnomasida tovon puli sifatida körsatilgan.






