Portugaliyaning "Benfika" jamoasi Yevropa çempionlar ligasi çorak final javob öyinida "Bavariya"ga qarşi öz maydonida bahs olib bordi.

"Benfika" tezkor hujumi orqali uçraşuvda hisobni oçdi. Jarima maydonçasi içiga havolatib oşirib berilgan töpga Raul Ximenez boşi bilan zarba yöllab hisobni oçdi - 1:0. Oradan 10 daqiqa ötib "Bavariya" xujumçisi Arturo Vidal jarima maydonçasi oldidan kuçli zarba berib öyindagi muvozanatni tikladi - 1:1. Ikkinçi bölimda "Bavariya" futbolçilari burçak zarbasini golga aylantira olişdi. Martinez töpni Myullerga qulay tarzda uzatdi va Tomas bu vaziyatni golga aylantirdi - 1:2. Zahiradan maydonga tuşgan Taliska 76-daqiqada hisobni tenglaştirdi. Ikki öyin natijasiga köra "Bavariya"  Yevropa çempionlar ligasi yarim finaliga yöl oldi.

YeÇL. Çorak final. Javob uçraşuvi.

"Benfika" – "Bavariya" 2:2 (Birinçi öyin - 0:1)
Gollar: Ximenez 27, Vidal 38, Myuller 52, Taliska 76.

"Benfika"- Ederson, Almeyda, Jardel, Lindelof, Eliseu, Feysa, Renato, Salvio (Taliska 68), Karkela, Pitstsi (Gadeş 54), Ximenez.

"Bavariya"- Noyyer, Alkantara, Riberi (Gyottse), Martinez, Duglas Kosta, Alonso (Bernard 90), Lam, Vidal, Myuller (Levandovski 84), Alaba, Kimmix.