Özbek tomoşabinlariga “Begona bahor”, “Jiyda guli” kabi seriallari bilan yaxşi taniş bölgan rejissyor Ibrohim Rasulov yana bir yangi mavzuga qöl urdi.

Karimberdi Töramurodning “Qasam” hikoyasi asosida yaratilayotgan mazkur serial 20 qismdan iborat bölib, xorazmlik xonanda yigit va samarqandlik şifokor qiz örtasida muhabbatni ifodalaydi.

Şuningdek, serialda ota-ona va farzandlarning bir biriga bölgan munosabati, oşiqlar duç keladigan sinovlar, döstlar örtasidagi işonç va pokiza insoniylik tuyğulari oçib berilgan.

Stsenariy mualliflari: Javlon Abdullayev, Komil Tursunboyev va Ibrohim Rasulov.

Boş rollarni Uluğbek Sobirov, Zilola Usmonova, Dilnoza Tursunboyeva, Maşhura Zulfiqorovalar ijro etgan. Asosiy rollarda Özbekiston xalq artisti Erkin Komilov, Sayyora Yunusova, Botir Muhamadjonov, Zuhra Aşurova, Tohir Saidov, Ra'no Yaraşeva, Yayra Ismoilova, Jamşid Davlyatov, Anvar Kahramonov kabi aktyorlarni körişingiz mumkin. Boş operator Ahmadjon Sodiqov.

Ibrohim Rasulov (rejissyor): — “Qasam” nomli serialimizning boşqa serialardan farqi şundaki, köplab muxlislarimiz sevib tomoşa qilgan “Jiyda guli”, “Begona bahor” kabi hayotiy mavzularni öz içiga olgan. Nasib etsa bu gal ham uşbu serialimiz bilan muxlislar qalbidan joy egallaymiz, degan umiddamiz.