Amerikaning Ward’s Auto naşri «10ta eng yaxşi avtomobil saloni» yillik tanlovi natijalarini e'lon qildi. Jurnalning sakkiz nafar muharriri ikki oy mobaynida 47ta maşina intererini örganib, ularning dizayni, didi, qöllanilgan materiallar sifati, ergonomikasi, xavfsizligi, elektron tizimlardan foydalaniş qulayligi va boşqa jihatlariga e'tibor qaratişgan.
Ward’s Auto vakillarining qayd etişlariça, bu safar lyuks maşinalari işlab çiqaruvçilar ustunlik qilgan. Avvallari eng yaxşi intererli modellar röyxatiga premium sinfining 3ta modeli kira olgan, xolos.
2016 yilgi röyxatdan ommaviy işlab çiqariluvçi modellardan atigi törttasi kira olgan. Bular: Honda Civic, Nissan Maxima sedani, Chrysler Pacifica miniveni va Chevrolet Camaro sportkari.
"Albatta, ğoliblar orasidan köpçilik xarid qila oladigan örta qiymatdagi maşinalarning örin olişi quvonarlidir. Aslida, AQŞdagi yangi avtomobilning örtaça narxi 33 ming dollargaça kötarilganini e'tiborga oladigan bölsak, “örta qiymatli maşina” tuşunçasini yana bir bor aniqlaştirib oliş maqsadga muvofiq", – degan Ward’s Auto boş muharriri Dryu Vinter.
Şunday qilib, tanişing:
Ward’s Auto jurnali talqini böyiça 10ta eng yaxşi intererga ega model.
Modeli Narxi
Audi TTS 58 500 dollar

BMW 7-Series 129 245 dollar

Cadillac XT5 63 845 dollar

Chevrolet Camaro 46 095 dollar

Chrysler Pacifica 48 455 dollar

Honda Civic 27 335 dollar











