Portugaliya terma jamoasi sardori Kriştianu Ronaldu Braziliyada ötkaziladigan 2016 yilgi Olimpiada öyinlarida iştirok etmaydi.

Portugaliyaliklar musobaqaning guruh bosqiçida Jazoir, Gonduras va Argentina vakillari bilan bahs olib borişadi.

Xabarlarda Ronaldu uşbu Olimpiadada iştirok etişi mumkinligi xabar qilingandi. Ammo futbolçiga yaqin manbalar bunday xabarlarni inkor qilişmoqda.

31 yoşli futbolçi yozda Portugaliya terma jamoasi safida Yevro-2016 turnirida iştirok etadi. Futbolçi Ispaniya çempionatidan keyin 2ta katta xalqaro turnirda (Fransiyadagi Yevropa çempionati 10 iyun kuni boşlanib, 11 iyulda tugaydi, Rio olimpiadasi 4 avgust kuni boşlanadi) iştirok etişga qiynalişi aytilmoqda.

Ma'lumot uçun, reglamentga köra olimpiya terma jamoalari öz safiga 23 yoşdan katta bölgan 3 nafar futbolçini qöşib olişlari mumkin.