Microsoft korporatsiyasi AQŞ federal agentliklari mijozlarning şaxsiy elektron poçtalariga kirişi haqida öz foydalanuvçilarini xabardor qilişga ruxsat beriş talabi bilan AQŞ hukumatini sudga berdi.

Vaşington ştati ğarbiy okrugi federal sudiga berilgan da'vo arizasida AQŞ hukumati Microsoft’ga özining minglab mijozlarini hukumat ularning elektron poçtalari va boşqa hujjatlariga kiriş sörovidan xabardor qilişni taqiqlaganda AQŞ konstitutsiyasini buzayotgani aytilgan.

Microsoft fikriça, hukumatning bu xatti-harakatlari mamlakat konstitutsiyasining 4-tuzatmasiga zid bölib, bu tuzatma odamlarning hukumat ham jismoniy, ham virtual tintuvlar ötkazmoqçi ekanligidan xabardor böliş huquqini kafolatlaydi.

AQŞ adliya departamenti bu şikoyatga izoh bermadi.