Arxeologlar fazodan olingan suratlar yordamida Peruda u yerda avval yaşagan sivilizatsiya tomonidan qoldirilgan Naska çiziqlari sirini aniqladilar. Olimlar tomonidan ötkazilgan tahlilning körsatişiça, qadimda akveduklar (osma quvurlar) va Naska çiziqlari yagona tizimni şakllantirgan. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda.

Olimlarning fikriça, Naska çiziqlari qadimda mavjud bölgan keng tarmoqlangan akveduklar murakkab tizimining bir qismi hisoblanadi. Ulardan bir qismi hozirgaça saqlanib qolgan va pukios degan nom olgan. Avvalroq olimlar pukios Naska madaniyatiga aloqasi borligini bilişmagan.

Arxeolog Roza Lazaponaraning aytişiça, pukios "yer osti suv qatlamlaridan suv oliş uçun qurilgan murakkab gidravlik tizim" bölgan va çölni hayot uçun yaroqli qilgan. Pukios evaziga Naska madaniyati yil böyi suv bilan ta'minlangan. Odamlar suvni maişiy va qişloq xöjaligi maqsadlarida işlatişgan.

Naska madaniyatida yozuv izlari bölmaganiga qaramasdan, bu madaniyat vakillarining texnologik darajasi ularga suv ta'minoti tizimini loyihalaş, quriş va işçi holda qöllab-quvvatlaşga imkon bergan. Qadimgi odamlar bunga qanday muvaffaq bölganlari olimlarga noma'lumligiça qolmoqda.

Atropologlarning fikriça, bunday murakkab inşootlarning mavjudligi jamiyatda yuqori tabaqalaniş (iyerarxiya)ning bölganini anglatadi. Naska çiziqlari Naska yassi toğlarida joylaşgan va taxminan 30 ta surat, 700 ta geometrik şakl va 13 mingta çiziqlardan taşkil topgan. Bu suratlar haqida birinçi eslatmalar 16 asrda paydo bölgan. Ularning kelib çiqişi noma'lum. Taxminlarça, Naska çiziqlari uşbu hududda 3-1,2 ming yil avval yaşagan Naska madaniyati tomonidan qoldirilgan bölişi mumkin.