Sartepa turizm va maişiy xizmat kasb-hunar kolleji direktorining ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari Zarina Murodova mehnat jamoasida hurmat-e'tiborga ega edi. Pedagogik jamoada fidoiy xodim sifatida öz örnini topgan Z.Murodova nafsini jilovlay olmay töğri yöldan adaşdi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
Kollejda 2015-2016 öquv yili uçun umumta'lim maktablari bitiruvçilarini öqişga qabul qiliş işlarini samarali yölga qöyiş maqsadida taşkil etilgan maslahat markaziga yetarli tajribaga ega xodim sifatida Z.Murodova kollej direktorining maxsus buyruği bilan mas'ul kotib etib tayinlandi.
Odatda iş tartibi böyiça davom etayotgan qabul jarayonida fuqaro Zamira Şamsiyeva qaynisi A.Xurramovni kollejning menejment yönalişişa hujjat topşiri uçun mas'ul kotibning yoniga olib keladi. Ayni jarayondan moddiy manfaat köriş maqsadida özini hojatbaror qilib körsatgaç, Zamirani xizmat xonasiga boşlab, kollej direktoriga 200 AQŞ dollari beriş evaziga işni oson hal qiliş mumkinligini aytadi.
Kelişuvga köra, aytilgan pulni Z.Şamsiyeva öz vaqtida olib kela olmaydi. Bir muddat keçikkan Zamiraga Zarina Murodova vaqt ötganligini peş qilib, endi iş 300 AQŞ dollari bilan “pişişini” aytadi. Kollejdagi qinğir işlardan toqati toq bölgan Zamira Şamsiyeva huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat etdi.
Z.Şamsiyevaga sud hukmi bilan qilmişiga yaraşa jazo tayinlandi.






