Yevropa Ittifoqi taşqi siyosat mahkamasi rahbari Federika Mogerini bir kunlik taşrif bilan Tehronga keldi, deb xabar qilmoqda IRNA agentligi.

U, safari çoğida Eron taşqi işlar vaziri Javod Zarif bilan muzokaralar ötkazadi.

Tehron muzokaralarida Yevropa Ittifoqi bilan Eron örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş maqsadida bank, investitsiyalar va savdo sohalaridagi hamkorlikka e'tibor qaratiladi.

Mogerinining Tehronga safarida, energetika masalalari, ilmiy tadqiqotlar, atrof-muhit, ta'lim va boşqa yuqori lavozimli YeI komissarlari hamrohlik qilişmoqda.

Aytiş joizki, Eron yadro dasturi böyiça kelişuv hayotga tatbiq etila boşlagaç, YeI taşqi siyosat mahkamasi rahbari uşbu mamlakatga ilk marotaba safar qilmoqda.