Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 14 aprel kuni amaliy taşrif bilan Özbekistonga keldi.

Taşrifning asosiy tadbirlari 15 aprel kuni Köksaroyda bölib ötdi.

Ikki davlat rahbarlari Afğonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almaşar ekan, uşbu mamlakatda tinçlik va barqarorlik ta'minlanişi va iqtisodiyot tiklanişidan manfaatdor ekanini ta'kidladilar. Afğonistonda harbiy kuç işlatiş yöli bilan tinçlik örnatib bölmasligi, BMT şafeligida qarama-qarşi tomonlar örtasida siyosiy muzokaralar ötkaziş va özaro kelişuvga erişiş eng töğri va yagona yöl ekanligi qayd etildi.

Prezidentlar Markaziy Osiyodagi transçegaraviy daryolar suv resurslari mintaqamizning umumiy boyligi bölib, xalqlarimiz farovonligi köp jihatdan ulardan oqilona va samarali foydalanişga boğliq ekanligini ta'kidladilar. Transçegaraviy daryolarda gidroyenergetika inşootlari quriş masalasida BMT konvensiyalari va boşqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga qat'iy rioya qiliş zarurligi qayd etildi.

Ta'kidlanganidek, Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi Orolböyidagi ekologik vaziyatni yaxşilaş hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etişga qaratilgan loyiha va dasturlarni amalga oşirişda muhim platforma bölib xizmat qilmoqda.

Özbekiston Qozoğistonga meva-sabzavotlar, transport vositalari, mineral öğitlar, quriliş materiallari va boşqa mahsulotlar, turli xizmatlar eksport qiladi. Qozoğistondan Özbekistonga qora va rangli metallar, yoğ-moy mahsulotlari keltiriladi.
Mamlakatlar örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi izçil ösib bormoqda. 2015 yil yakunlariga köra, bu körsatkiç 3 milliard dollardan ziyodni taşkil qilgan.
Qozoğistonda özbekistonlik işbilarmonlar iştirokida taşkil etilgan 151 korxona faoliyat yuritmoqda. Özbekistonda Qozoğiston kapitali iştirokida 206 korxona, şu jumladan, 171 qöşma korxona oçilgan.

Özbekiston Respublikasi va Qozoğiston Respublikasi örtasidagi hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya özaro aloqalarni izçil rivojlantirişga xizmat qilmoqda. Joriy yil 10-11 mart kunlari Ostona şahrida mazkur komissiyaning 15-majlisi bölib ötdi.

2007-2016 yillarga möljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasiga muvofiq savdo, sarmoya, transport, kommunikatsiyalar, bojxona, suv-energetika va innovatsiya yönalişlarida amalga oşirilayotgan istiqbolli loyihalar samarasi özaro aloqalarga qöşimça sur'at bağişlamoqda.