Apple kompaniyasi 2015 yilda eski ayfon va kompyuterlardan 999,7 kg oltin oldi, bu oltinning qiymati 40 mln dollarni taşqil qiladi, deb yozmoqda Business Insider naşri.
Kompaniya öz mahsulotlarini qayta işlaş yöli bilan deyarli bir tonna oltin olgani kompaniyaning atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça sa'y-harakatlari haqidagi har yillik hisobotida aytilgan.
Hammasi bölib Apple eski qurilmalaridan 27,5 ming tonna qimmatli moddalar, jumladan pölat, alyuminiy, şişa olişga muvaffaq bölgan.
Fairphone taşkiloti ma'lumotlariga köra, smartfonlar içidagi detallarda örtaça 30 milligramm oltin saqlanadi.
Apple har yili oltin saqlovçi millionlab ayfonlar, kompyuterlar va boşqa qurilmalarni qayta işlaydi.
Ehtimol, qayta işlaşga bir neçta oltindan işlangan Apple Watch soatlari ham yuborilgan bölişi mumkin, ularning har birida 50 grammdan köproq oltin bor.






