Yangilik yaratiş va unga erişiş juda köp izlaniş va işlaşni talab qiladi.
Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti rektori Şuhrat Sirojiddinovning 10 yillik istiqbolli taraqqiyot dasturida “dunyodagi eng rivojlangan davlatlardagi oliy ta'lim muassasalar qatoridan örin egallaşi uçun ularning öquv dasturlari va ma'ruza matnlarini örganib, andoza oliş”ga qaratilgan rejalar ham belgilangan edi.
Bu vazifalarni amalga oşiriş yölida barça pedagog-xodimlar öz vazifalariga ulkan mas'uliyat bilan yondaşmoqdalar.
ÖzMU Axborot xizmatidan xabar berişlariça, ayni paytda universitet pedagog-xodimlari andoza sifatida tanlangan şunday öquv dasturlari va ma'ruza matnlari ustida tinmay izlanmoqdalar.
Ayni paytda ÖzMU huzuridagi Pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tarmoq (mintaqaviy) markazida işlar rosa qizğin. Universitet pedagog-xodimlari tayyorlaşgan jahon andolariga mos öquv dasturlari va ma'ruza matnlarini topşirmoqdalar.
Ularni ÖzMU Öquv işlari böyiça birinçi prorektori Fayzulla Agzamov va Öquv-uslubiy boşqarmasi boşliği Zafarjon Jabborovlar sinçkovlik bilan örgangan holda qabul qilmoqdalar.
Galdagi vazifa – öquv jarayoniga uşbu yangi dasturlar joriy etiladi!
Umid bilan suqulgan tayoq, bir kun meva-yu yaproq, deganlaridek, ÖzMU talabalari ham dunyodagi eng rivojlangan davlatlardagi tengdoşlari bilan bir xilda tahsil olişda davom etadilar va şu tariqa ular bilan böylaşib boraveradilar!
Şu tariqa xorij universitetlari bilan talabalar almaşinuvi amalga oşiriladi. Aytaylik, yevropalik talabalar Özbekiston Milliy universitetida jahon andozalariga mos öquv jarayonlaridan bahramand bölsalar, özbek yigit-qizlari çet el universitetlarida xuddi şunday ta'lim olişni emin-erkin davom ettiriş imkoniga ega böladilar!






