Misr va Fransiya hukumatlari umumiy qiymati 2 mlrd yevroga teng bölgan bir neçta şartnoma tuzişgan. Bu Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Qohiraga taşrifi vaqtida amalga oşirilgan. Bu haqda Yelisey saroyidagi manbasiga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Tuzilgan şartnomalar orasida Misr qurolli kuçlari tarkibida Airbus Space Systems va Thales Alenia Space harbiy telekommunikatsiya sun'iy yöldoşlarini tuziş böyiça loyihalar ham bor.

Bundan taşqari, Fransiyaning Engie nomli energetik kompaniyasi Misrda suyultirilgan gaz uçun terminal quriş va energiya manbalarini yangilaş bilan şuğullanişi borasida kelişuvga erişgan.

Olland fransuz kompaniyasi kömagida Qohira metrosida qurilgan uçinçi liniyaga taşrif buyurgan.