Osiyo çempionlar ligasi 5-turida Qarşining “Nasaf” klubi öz maydonida BAAning “Al-Ahli” jamoasiga qarşi bahs olib boradi. Mazkur uçraşuv oldidan ötkazilgan matbuot anjumanining ikkinçi qismida qarşiliklar ustozi Röziqul Berdiyev va jamoa yarim himoyaçisi Dilşod Rahmatullayev iştirok etdi.

“Ertaga jamoamiz ğalaba uçun kuraşadi. Raqibimiz kuçli va jiddiy. Ammo imkoniyatlar teng. Omad kim tomonda bölsa, uç oçkoga ega böladi. Tarkibda yöqotişlar bor. A'zamov ikkita sariq olganligi uçun va Şomurodov jarohati bois, ular ertaga yordam bera olmaydi. "Al Ayn" yaxşi şakllangan, kuçli legionerlarga ega jamoa hisoblanadi. Jamoa tarkibida faqat legionerlar emas, balki BAAning eng kuçli futbolçilari ham jamlangan. Ertaga ortiqça bosimsiz harakat qiliş kerak. Öyinçilarimizga xotirjam harakat qilişlari kerakligini tuşuntirdim. Uzoqdan zarba beriş? Imkon darajada buni tuşuntiramiz. Raqib ham bunga imkon bermaslikka harakat qilişi turgan gap. "Al-Ayn" hujumçilari qarşi hujumda öta xavfli. Ularni kuçli va kuçsiz tomonlarini örganib, yigitlarga tuşuntirişga urindik. Yigitlar öyin davomida aynan ularning yetakçilariga imkoniyat bermagan holda, öz imkoniyatlaridan samarali foydalanişlarini uqtirdik”, – deydi Röziqul Berdiyev.

Ertanga öyinda ğalaba uçun maydonga tuşamiz. Yoruğ yuz bilan öyinni yakunlaşga harakat qilamiz. Biz uçun boşqa yöl yöq, – deya qöşimça qildi Dilşod Rahmatullayev.

Manba: www.fcnasaf.uz