«Roma» jamoasi hujumçisi Françesko Totti öz futbolçilik faoliyatini MLS çempionatida davom ettirişi mumkin. Bu haqda TMW xabar tarqatgan.

Manbaning yozişiça, uşbu 39-yoşli italiyalik futbolçiga «Nyu-York Kosmos» jamoasidan qiziqiş mavjud. Qayd etilişiça, bu jamoa vakillari rimliklar rahbariyati bilan aloqaga çiqqan.

Bu jamoada öz vaqtida Pele, Bekkenbauer va Raul kabi futbolçilar faoliyatining sönggi qismini ötkazişgandi.

Rimliklar jamoasi Totti bilan şartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Amerikaliklar esa futbolçiga 4 oy uçun 500 ming dollar maoş tölaşmoqçi.

Bundan oldinroq, rimliklar jamoasi boş murabbiyi Luçano Spalletti va Totti örtasida kiyim almaştiriş xonasida muştlaşuv röy bergani haqida aytilgan, ammo keyinroq murabbiy bu xabarni inkor qilgandi.