Muhtaram Yurtboşimiz ta'kidlab ötganidek, qaçonki, har qaysi uyda, har qaysi mahallada yaşayotgan odam tinçlik va osudalikning qadriga yetib, uni mustahkamlaşni, himoyalaşni özining burçi deb bilsa, tinçlik uçun kuraşsagina bu maqsadga erişiş mumkin.
Şu maqsadda Jizzax viloyatida ötkazilgan “Özbekiston – umumiy uyimiz” şiori ostidagi tadbirlar ham millatlararo döstlik va hamjihatlikni yoşlarimiz ongiga singdiriş, aholining bir-biriga bölgan hurmatini oşirişda, tinç-totuv yaşaşda munosib xizmat qilişi bilan ham ahamiyatlidir. Yana şuni quvonç bilan ta'kidlab ötiş kerakki, ötkazilayotgan har bir tadbirlar doirasida taşkil etilgan “Inson aziz, Vatan muqaddas” şiori ostidagi körgazma va “Barkamol avlod şakllanişida milliy va ma'naviy qadriyatlarning örni” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarlar ham öz örni, ta'sir kuçi va nufuziga egaligi bilan alohida ajralib turadi.
Ana şunday erkinlik va bağrikenglik an'analari haqida söz ketganda, ötgan davr mobaynida Jizzax viloyatida amalga oşirilgan keng kölamli işlarni köz oldimizdan ötkazaylik. 24 yil mabaynida viloyatda 171 ta masjid va 7 ta noislomiy diniy taşkilot röyxatdan ötkazildi. Holbuki, masjidlar soni mamlakatimiz böyiça 1991 yilda bor-yöği 146 tani taşkil etgan edi, xolos. Ötgan yillar mobaynida yuzlab çerkov, sinagoga va ibodat uylari barpo etilganligi, Toşkent, Samarqand, Navoiyda pravoslav ibodatxonalari, Toşkent şahrida katolik kostyoli, Samarqandda Arman-apostol çerkovi, mamlakatimiz poytaxtida Budda ibodatxonasi oçilganligi diniy bağrikenglikka katta e'tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi.
Ayni paytda viloyatda 6 ta milliy madaniy markazlar faoliyat körsatib, millatlararo munosabatlarning ravnaq topişiga özlarining munosib hissalarini qöşib kelayapti.
Birgina viloyatning Zomin, Baxmal, Zarbdor, Döstlik, Arnasoy, Paxtakor tumanlari hamda Jizzax şahrida qirğiz millatiga mansub 50 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qilayotgan bölsa, ularning har biri Özbekistonni öz Vatani deb biladi va ardoqlaydi.
Hozirgi kunda Sangzor vohasida qirğiz tilida öqitiladigan 14 ta maktab mavjud. Uşbu maktablar töliq darsliklar bilan ta'minlangan, barça qulayliklarga ega. Mustaqillik tufayli mahallalarimiz obod, xalqimiz boy-badavlat bölib bormoqda.
Jizzax viloyat hokimligi Axborot xizmati






