Ekvadorda navbatdagi zilzila qayd etildi. Reyter agentligi xabariga köra, zilzila kuçi 6,2 ball bölgan.

Bu haqda Tsunamidan ogohlantiriş Tinç okeani markazi ma'lumot tarqatgan.

Uşbu zilzila epimarkazi Ekvador şimoli-ğarbidagi Esmeraldas şahridan 70 km masofad bölgani aytilgan.

20 aprelga ötar keçasi mamlakat janubi-ğarbiy sohillarida 15,4 kilometr çuqurlikda 5,5 magnitudali zilzila qayd etilgandi.

Yer silkinişi yuz bergan hududdan eng yaqin aholi punkti, Muisne sohilböyi posyolkasigaça bölgan masofa tört kilometrni taşkil etadi.

16 aprel kuni yuz bergan 7,8 magnitudali zilzilaning epimarkazi Muisnedan 28 kilometr masofada joylaşgan edi.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, 16 aprel kuni yuz bergan halokatli zilzila qurbonlari soni 525 kişiga yetgan. Ularning orasida 11 kişi xorijlik.