«Marsel» jamoasi rasmiy saytida ispaniyalik mutaxassis Miçel boş murabbiylik lavozimidan iste'foga çiqarilgani haqida rasmiy xabar berildi.

Rahbariyat ötgan yilning avgustida jamoaga boş murabbiy sifatida tayinlangan uşbu 53 yoşli mutaxassisning körsatgan natijalaridan qoniqiş bildirmagan. «Marsel» mavsumda atigi 8ta öyinda ğalaba qozondi va ayni vaqtda 15-örinni egallab turibdi.

Jamoa oxirgi marta uy uçraşuvidagi ğalabani ötgan yilning sentabrida qayd etgandi.

Mavsum yakunigaça jamoani vaqtinça murabbiy sifatida Miçelning yordamçisi Frank Passi boşqaradi. Unga esa Fransiya terma jamoasining sobiq futbolçisi Bazil Boli yordamçilik qiladi.

Bundan oldinroq, özaro şartnomaning bir tomonlama buzilişi tufayli Miçelga 2,5 mln yevro miqdorida tovon puli tölanişi haqida ma'lum qilingandi.

«Marsel» 20 aprel kuni Fransiya Kubogining yarim finalida «Soşo»ga qarşi öyin ötkazadi.