Toşkent şahrida 20 apreldan 9 va 13-tramvay yönalişlari yopilişi haqidagi ma'lumot öz tasdiğini topmadi. Bugun, çorşanba kuni şaharda bu yönalişlarda tramvaylar qatnovi davom etdi.

UZ24 saytining «Toşşahartransxizmat»ga asoslanib bergan xabariga köra, hozirça Toşkent şahar hokimligi tomonidan bu haqda buyruq bölmagan.

Şuningdek, bu yönalişlarda harakat keyingi kunlarda ham davom etişi aytilgan. Yönalişlarning yopiliş muddati aniq emas.

"Yönalişlar yopilişining aniq muddati yöq, ehtimol duşanba kuni ehtimol 1 may kuni yopilişi mumkin", deyilgan xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq 20 apreldan boşlab 9-raqamli («Toşkent» vokzali — «Çilonzor-26» dahasi) va 13-raqamli («Toşkent» vokzali — «Qöyliq markazi») yönalişdagi tramvaylar harakatlanişdan töxtaşi xabar berilgan edi.