Xitoylik harbiylar yangi qit'alararo ballistik raketa "Dunfen-41"ni sinovdan ötkazdilar, deb Pentagondagi manbaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Washington Free Beacon naşri.
AQŞ bu raketaning texnik körsatkiçlaridan hazilakamiga taşvişga tuşib qolmadi. Bu öta uzoq masofaga uçuvçi, individual nişonga oluvçi raketa 6-10 jangovar kallakni 10 ming km dan köproq masofaga yetkazişi mumkin. Bu imkoniyatlar raketaning AQŞning istalgan burçagiga yarim soatda kirib borişiga yetarlilik qiladi.
Raketaning uçirilişini AQŞning yöldoşli kuzatuv tizimlari qayd qilgan. Raketa qayerdan uçirilgani Pentagonda aniqlay olinmagan. Xitoy avvalgi raketa uçirişini 2015 yil 5 dekabrda amalga oşirgandi, öşanda xitoyliklar temir yöl platformasida örnatilgan transport-pusk konteyneridan raketa uçirgandilar.
Xitoy özining "dunyodagi eng uzoq ta'sir masofasiga ega raketasini" şu yildayoq qurollanişga qöyişi mumkinligi haqida Kanwa Asian Defence jurnali yozgandi.
Xitoy tomonidan ballistik raketa işlab çiqilayotgani haqidagi birinçi ma'lumotlar 2014 yil iyulda AQŞ tomonidan "Qurolli kuçlar va xavfsizlik sohasida rivojlaniş tendensiyalari haqida hisobot"ning çop etilganidan keyin ma'lum bölgan. Hisobotda Xitoy özining qurol-aslahasi darajasi va harbiy tayyorgarligini yaxşilayotgani va bu bilan Vaşingtonga tahdid solayotgani ta'kidlab ötilgandi.






