Gretsiyada an'anaviy olimpiada öyinlari maş'alasini öt oldiriş marosimi bölib ötdi. Mazkur tadbir mamlakatning Zevs haykali joylaşgan Peloponnes yarimorolida ötkazilgan.

Braziliyadagi milliy estafeta bosqiçi 3 may kuni Brazilia şahrida boşlanadi va olimpiada öyinlari boşlanadigan 5 avgust kuni Rio-de Janeyro şahrida yakuniga yetadi.

95 kun davomida olimpiya maş'alasi estafeta körinişida yer şarining 20 ming kilometr, havoda 10 ming mil masofa bosib ötadi.

Şuningdek, maş'ala Braziliyadagi 329 aholi yaşaş punktlaridan ötadi. Estafetada jami bölib 12 ming kişi qatnaşadi.